AsosiyJamiyat
2435

Keyingi o`quv yilidan nimalar o`zgaradi?

'Keyingi o`quv yilidan nimalar o`zgaradi?'ning rasmi

Prezident qaroriga ko`ra 2024/2025 o`quv yilidan boshlab:

  •  oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish «avval test, so`ng tanlov» tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abiturientlarga test sinovi natijasida to`plagan balidan kelib chiqib, oliy ta`lim muassasasi, ta`lim yo`nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

 

  •  umumta`lim fanlari bo`yicha xalqaro imtihon natijalari bo`yicha sertifikatlar davlat oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro`yxati Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

 

  •  yuqori salohiyatli akademik liseylar o`quv dasturlari xalqaro dasturlar («International Advanced Levels», «International Baccalaureate») asosida ishlab chiqiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar