AsosiyJamiyat
2158

Tashqi ishlar vazirligi xodimi Farg`ona hokimiga o`rinbosar bo`ldi

'Tashqi ishlar vazirligi xodimi Farg`ona hokimiga o`rinbosar bo`ldi'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich Farg`ona viloyati hokimining o`rinbosari – viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Nuriddin Mamajonov 1982 yil 27 iyulda Quvasoy shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Evropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boshqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan.

Mehnat faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligida, Adliya vazirligida turli mas`ul lavozimlarda ishlagan. O`zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022-2023 yillarda O`zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchi bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar