AsosiyJamiyat
956

Andijon va Qashqadaryoda aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan ko`mir "o`g`irlandi"

'Andijon va Qashqadaryoda aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan ko`mir "o`g`irlandi"'ning rasmi

Andijon va Qashqadaryo viloyati “Ko`mir ta`minot” MChJning Shahrixon, Asaka va Yakkabog` tumani ko`mir ombori mas`ul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda etkazib berish uchun ajratilgan jami 2 704 tonna  ko`mirni imtiyozli narxda sotilganligi to`g`risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu ko`mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-taroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar