1

BMT Aksilterror boshqarmasi bilan o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Siyosat 06.12.2023, 21:22
BMT Aksilterror boshqarmasi bilan o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi

BMT Aksilterror boshqarmasi va O`zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o`rtasida memorandum imzolandi. 

Memorandum asosiy tamoyillar va hamkorlik yo`nalishlari, jumladan nashrlar va tadqiqot ma`lumotlari almashinuvi, BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni hal etishni aks ettiradi.

BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida o`zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tgan.

Hujjatni BMT bosh kotibi o`rinbosari, BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov hamda O`zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov imzoladi. 

V.Voronkov hujjatlarni imzolash marosimidagi nutqida BMT tuzilmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor uchun O`zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi. 

Shuningdek, u O`zbekiston hukumatiga BMTning Aksilterror boshqarmasi faoliyatiga moliyaviy hissa qo`shayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1