AsosiyMadaniyat
2260

Anjelina Joli “Malefisenta 3” filmida suratga tushadi

'Anjelina Joli “Malefisenta 3” filmida suratga tushadi'ning rasmi

Aktrisa Anjelina Joli Wall Street Journal nashriga “Malefisenta” filmining uchinchi qismida suratga tushishini aytdi.

Aktrisa film ustida boshqa loyihalar, jumladan, prodyuserlik va modalar uyini ochish bilan parallel ravishda ishlashini aytgan.

“Oskar” sovrindori syujet tafsilotlarini, hamkasblaridan qaysi biri bilan ekranga chiqishini oshkor etmagan.

Anjelina Joli ushbu filmning avvalgi qismlarida cheksiz kuchga ega yovuz sehrgar rolini o`ynadi.

U bilan birga filmda El Fanning, Xarris Dikinson, Sem Rayli, Imelda Stonton, Djuno Templ va boshqalar ham suratga tushgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar