AsosiyJamiyat
1912

Andijonda sovuq havoda bo`lib o`tgan hokim va mas`ullar ishtirokidagi tadbirda bolalar yupun kiyimda raqsga tushdi (video)

'Andijonda sovuq havoda bo`lib o`tgan hokim va mas`ullar ishtirokidagi tadbirda bolalar yupun kiyimda raqsga tushdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bo`ston tumanidagi tadbirda sovuq havoda o`quvchilar yupun kiyimda raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. 

Holatga Bo`ston tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbir joriy yilning 7 dekabr kuni Bo`ston tumani “Mehnatobod” Mahalla fuqarolar yig`iniga qarashli yangi ko`cha ochilish marosimidagi tadbirdan olingan.

Tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi hamda tuman hokimligi madaniy tadbir dasturidan bexabar bo`lganligi sababli ushbu dasturga bolalar raqsi kiritilgan.

Ushbu vaziyatda bolalar tashqarida 5 daqiqa bo`lganligiga qaramay ularning salomatligi hamda xavfsizligini inobatga olib, mazkur salbiy holatga yo`l qo`ygan tegishli mutasaddilar aniqlanib, intizomiy chora ko`rilishi rejalashtirilmoqda.

“Xulosa o`rnida maktab o`quvchilari hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta`limdan tashqari turli tadbirlarga jalb etilmasligini, ob-havo harorati keskin o`zgargan vaqtlarda ularning salomatliklariga salbiy ta`sir qilishi mumkin bo`lgan omillar mavjud ekanligidan kelib chiqqan holda kelajak avlodimizga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari zarur ekanligini ta`kidlab qolamiz“, - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar