AsosiyJamiyat

Quyoshda ulkan tuynuk paydo bo`ldi

'Quyoshda ulkan tuynuk paydo bo`ldi'ning rasmi

Astronomlar Quyosh yuzasida ulkan qora nuqta paydo bo`lganini qayd etishdi. U Quyosh ekvatori yaqinida hosil bo`lgan va hozir Erga juda tez va kuchli nur tarqatmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, ulkan tuynuk vizual ravishda qorong`u nuqtaga o`xshaydi. Plazmada hosil bo`lgan yoriq g`ayrioddiy nurlanishning kuchli oqimlarini chiqaradi va bu quyosh shamoli to`g`ridan-to`g`ri Erga yo`naladi. Yangi paydo bo`lgan tuynuk birinchi marta 2 dekabrda sezilgan. U o`zining maksimal kengligiga, ya`ni taxminan 800 ming kilometrga atigi 24 soat ichida erishdi.

Uning ulkan hajmini hisobga olgan holda, mutaxassislar dastlab u kuchli geomagnit bo`ronni qo`zg`atishi mumkinligini taxmin qilishdi. Bir necha kun davomida Erda radioaloqada uzilishlar va uning ishdan chiqishi, kuchli qutb yog`dusi yuz berishi bashorat qilindi. Biroq, keyingi kuzatuvlar quyosh shamoli juda tez bo`lsa-da, kutilganidan kamroq kuchga ekanini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa-da qutb yog`dusi yuz berishi inkor qilinmayapti.

Mutaxassislar ulkan tuynuk Quyosh yuzasida qancha vaqt saqlanib qolishini hozircha aniq ayta olmayapti.

Milliy okean va atmosfera boshqarmasi ma`lumotlariga ko`ra, bunday tuynuklar Quyoshning magnit maydonlari to`satdan “ochilganda” paydo bo`ladi. Yuqori qatlamdagi materiallarning bir qismi sirtdan ajralib chiqadi va quyosh shamoli shaklida koinotga chiqib ketadi. Bunday teshiklar qora dog`lar sifatida paydo bo`ladi, chunki ular atrofidagi plazmadan sovuqroq va kamroq zichlikka ega. Erdagi geomagnit bo`ronlar tuynukdan radiasiya oqimi odatdagi quyosh shamolidan ancha tezroq bo`lganligi sababli yuzaga keladi, deb xabar beradi rg.ru.

    Boshqa yangiliklar