AsosiyJamiyat
1974

O`zbekiston Hindiston bilan mudofaa sanoati hamkorlik qiladi

'O`zbekiston Hindiston bilan mudofaa sanoati hamkorlik qiladi'ning rasmi

O`zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati kompaniyalari o`zaro hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda O`zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati kompaniyalari vakillari ishtirokida seminar hamda soha yo`nalishida ko`rgazma bo`lib o`tdi.

Tadbirlar O`zbekiston Mudofaa sanoati agentligi, O`zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, Hindiston Mudofaa sanoati departamenti va ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Unda O`zbekistonning manfaatdor tashkilotlari Hindistonning Zen Technologies Ltd., MKU Ltd.”, Rotary Connectors (P) Ltd., TATA Advanced Systems Ltd., Tejas Networks Ltd., Bharat Dynamics Ltd., Redon Systems Pvt. Ltd., Pune Polytronics, Apollo Micro Systems Ltd., L&T Defence, Bharat Forge Ltd., Karman Drones Private Ltd. kompaniyalari vakillari bilan o`zaro aloqalarni mustahkamlashning istiqbolli yo`nalishlari hamda yangi qo`shma loyihalarini muhokama qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar