Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a`zolari uchun “Zamonaviy ta`lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo`lib o`tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so`z yuritdi:
"Tizimda amalga oshirilayotgan ko`plab islohotlar bugun ta`lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yo`ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta`lim tizimini rivojlantirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o`z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo`ladi.
Bugungi trening ayni shu yo`lda yana bir qadam bo`ladi, deb o`ylayman.
Tizimni bir kunda o`zgartirib bo`lmaydi. Lekin bir jamoa bo`lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro`yobga chiqara olamiz", - deydi vazir.






