O`zgidromet ijtimoiy tarmoqlarda "kelayotgan kunlarda havo haroratining -10 darajagacha sovib ketishi" haqidagi xabarlar noto`g`ri talqin qilinayotgani yuzasidan izoh berdi. Unga ko`ra, haroratning-10 darajagacha sovishi faqat tog` va shimol hududlariga taalluqli.
Boshqa hududlarda ushbu kun uchun o`rtacha sutkalik havo harorati shu kun uchun xos iqlimiy me`yorlarga yaqin qiymatni beradi.
17 dekabrdan boshlab, O`zbekistonda 4-5 kunlarcha o`rnashgan sovuq antisiklon chekka qismi chekinadi va havo harorati asta ko`tarilib boradi. Bu shu kunlar uchun sovuqlik degani emas.
18 dekabr shimoldan kirib kelgan nam havo oqimi 19 dekabr kuni respublikaning katta qismiga ta`sir etib, asosan yomg`irni beradi. Tog` va shimol, bepoyon cho`l hududlarda qor ko`rinishida yog`ingarchilik bo`lishi mumkin.
Bir so`z bilan aytganda, shu uch-to`rt kunlikda O`zbekistonga kutilajak oqimlar bu sovuq havo oqimlari emas va bular mintaqada tunda xam ayni kunlardagi harorat va undan yuqorini ulashadi. Xozir tunda kuchli sovishlar bo`lmayapti, deyiladi xabarda.
16.12.2023 20:26
-10 daraja sovuq faqat tog`li hududlarga taalluqli - O`zgidromet






