AsosiyJamiyat

PISA tadqiqotlari yo`nalishida maxsus platforma yo`lga qo`yiladi

'PISA tadqiqotlari yo`nalishida maxsus platforma yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bugun Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida PISA-2022 natijalari, ta`lim sifatini oshirish, pedagoglar mahoratini yuksaltirish, shuningdek, PISA-2025 jarayonlariga tayyorgarlik ko`rish masalalariga bag`ishlangan tanqidiy-tahliliy yig`ilish bo`lib o`tdi.

Ma`lumot uchun: Bugungi kunda PISA orqali o`zbekistonlik o`quvchilarning bilimi natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xususan, bu borada vazirlik bilan hamkorlikda OECD tashkiloti saytida o`zbek, qoraqalpoq va rus tillarida namunaviy savollar joylashtirilgan bo`lib, o`quvchilar uchun o`z bilimlarini sinab borish imkoni yaratilgan.  

PISA-2022 natijalari to`g`risida tahliliy taqdimotda o`zbekistonlik o`quvchilar natijalari hududlar kesimida tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.

"Bu yilgi natijalarimizdan kelib chiqqan holda 2025 yilgi tadqiqotlarga hozirdan jiddiy tayyorlanish zarur.

Xorijlik ekspertlar va o`zimizning malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan. Ularning tavsiyasi va barcha hudud rahbarlari taklifi asosida birinchi navbatda har bir tuman kesimida «yo`l xaritalarini» ishlab chiqamiz. Bu o`qituvchilar va o`quvchilarimizni tayyorlash hamda natijalarimizni yaxshilashga yordam beradi", dedi Hilola Umarova.

Vazirlik tomonidan PISA tadqiqotlari yo`nalishida maxsus platforma yo`lga qo`yilishi hamda uni yanada takomillashtirish yuzasidan hududlardan taklif va tavsiyalar olinishi ma`lum qilindi,  deyiladi Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti ma`lumotida.  

    Boshqa yangiliklar