Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta o`smir bolalarni katta yoshli erkak urayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur voqea zudlik bilan nazoratga olgan Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, holat 2023 yil 15 dekabr kuni Chust tumani "Guliston" MFY hududida sodir bo`lgan.
2-son kasb hunar-maktabi direktor o`rinbosari A.N. dars vaqtida sababsiz o`quv mashg`ulotlariga qatnashmayotganligi vaji bilan maktab o`quvchilari 2007 yilda tug`ilgan M.S., M.A. va 2006 yilda tug`ilgan Yu.D., F.A larni kaltaklagan.
Ushbu holat yuzasidan Chust tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






