AsosiyJamiyat

“Suv tejashni o`rgandik. “Sardoba”ni qayta qurishga hojat yo`q”

'“Suv tejashni o`rgandik. “Sardoba”ni qayta qurishga hojat yo`q”'ning rasmi

Kuni kecha Sirdaryo viloyat hokimligi binosida Akmaljon Mahmudalievning jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqoti bo`lib o`tdi. Tadbirda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, sirdaryoliklarni qiynayotgan muammolar haqida gapirildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Yig`ilishda viloyat rahbari jurnalistning 2020 yilda o`pirilgan "Sardoba" suv ombori talofotlari haqidagi savoliga javob berdi. 

“Bu suv ombori asosan Jizzax viloyatining qishloq xo`jaligi erlarini suv bilan ta`minlash uchun qurilgan edi, qisman Sirdaryo viloyatini  ham… Lekin, Sirdaryo va Jizzax viloyati uchun hozirda bemalol suv olish imkoniyati bor.

Hokimning aytishicha, aynan talafot etgan joyni tiklash uchun juda katta mablag` talab qilinadi, shu bois, hozirgi kunda bu asosiy masala emas.

“To`g`ri, buni (talafot etgan joyni) tiklash mumkin. Lekin, har bir rivojlanayotgan davlat mablag`ni samarali ishlatishni o`ylaydi.

Talofatdan keyin barchasi mutaxassislar tomonidan o`rganib chiqilgan. Shuning uchun, hozirda qolgan suvdan hech qanday xavotirga o`rin yo`q. Eng asosiysi, mavjud suv bilan Jizzax viloyatiga etarlicha suv etkazib beriladi.

“Suvni tejashga o`rgandik: har bir fermer o`zining bir kilometrgacha ichki arig`ini ham betonlash tizimiga o`tildi. Ikki yil davomida 25 ming gektar erda suv tejavchi texnologiyalar qo`llanildi. Men o`ylaymanki, "Sardoba"ning yorilgan joyini tiklash bo`yicha qachondir mablag` masalasi echiladigan bo`lsa, unda ham kimdandir qo`shimcha tarzida, lekin hozirgi kunda bunga ehtiyoj yo`q”, — deya ta`kidladi viloyat hokimi Akmal Mahmudaliev.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 1 may kuni soat 05:55 da «Sardoba» suv ombori yorilib, aholi zudlik bilan evakuasiya qilingan. Texnogen ofat oqibatida 6 kishi vafot etib, 70 mingga yaqin fuqaro yashash joyini tark etgan, minglab uylar vayronaga aylangan, bunga sababchi deb ko`rilgan 17 kishi esa qamalgan edi.

    Boshqa yangiliklar