AsosiySport
4393

Krishtianu Ronaldu “Oltin to`p” haqida ko`p o`ylamasligini ma`lum qildi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to`p” mukofotini yutib olish uchun imkoniyati yuqori ekanini aytib o`tdi.

“Oltin to`p”? O`tgan mavsumdan so`ng havotirda emasman. EChL g`olibligi, Evropa chempionligi, shartnoma uzaytirilishi... Men o`zim ovoz bermayman va natijalarga ta`sir o`tkaza olmayman.

Men xotirjamman va “Oltin to`p” haqida ko`p o`ylamayman. Individual mukofotdan ko`ra ko`proq jamoaviy sovrinlarga e`tibor qarataman”, – dedi portugaliyalik futbolchi.

Boshqa yangiliklar