AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 3-sinf o`quvchisi sinfdoshlarining ko`z o`ngida o`qituvchi tomonidan kaltaklandi(video)

'Qashqadaryoda 3-sinf o`quvchisi sinfdoshlarining ko`z o`ngida o`qituvchi tomonidan kaltaklandi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda G`uzor tumani Pachkamar MFYda joylashgan 40-umumiy o`rta ta`lim maktab filialida o`qituvchi A.X. tomonidan 3-sinf o`quvchisi E.S ni kaltaklagan holatdagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, mazkur holat G`uzor tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan tegishli tartibda ro`yxatga olingan va tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko`ra, qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar