1

Qo`qondagi xalqaro muzeyida Ozarbayjon milliy hunarmandchilik namunalari burchagi ochildi

Madaniyat 22.12.2023, 11:04
Qo`qondagi xalqaro muzeyida Ozarbayjon milliy hunarmandchilik namunalari burchagi ochildi

Xalqaro Hunarmandchilik kengashi tashabbusi bilan O`zbekistonning Qo`qon shahrida o`tkazilgan Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida Xalqaro Hunarmandchilik muzeyining ochilish marosimi bo`lib o`tgan edi.  

Endi esa O`zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan Qo`qon shahridagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida Ozarbayjon milliy hunarmandchiligi, qo`l mehnatiga doir namunalar joylashgan doimiy burchagi, milliy stendining ochilishi bo`lib o`tdi.  

Tadbirda Farg`ona viloyati hokimligi rahbariyati, Qo`qon shahar hokimi, davlat va jamoat vakillari, ziyolilar, oliy ta`lim muassasasi talabalari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastavval tadbirni kirish so`zi bilan ochib bergan Qo`qon shahar hokimi Maruf Usmonov Ozarbayjon va O`zbekiston o`rtasidagi yuksak saviyali munosabatlar, so`nggi yillarda qilinayotgan aloqalar haqida gapirdi. U Qo`qon shahrining qadimiy tarixi, bu erda hunarmandchilik, qo`l mehnati san`atining keng rivojlanganini va har ikki yilda bir bu shaharda o`tkaziladigan  Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida 70 dan ortiq o`lka hunarmandlarining ishtirok etganini bildirib o`tdi.  

Hokim joriy yil o`tkazilgan festival doirasida ochilish marosimi tashkil qilingan Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida dunyoning turli o`lkalaridan - Xitoy, Indoneziya, Eron, Qozog`iston, Hindiston va boshqa mamlakatlarning mashhur hunarmandlari tayyorlagan qo`l mehnatlari, hunarmandchilik namunalari joylashganini aytib, muzeyda endi Ozarbayjon hunarmandchiligiga oid eksponatlarning ham doimiy ravishda namoyish qilinishini bildirdi.  

Tadbirda chiqish qilgan O`zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbosov davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli yo`lga qo`yilgani, madaniy aloqalarning kuchayishi borasida qilingan ishlar haqida so`z yuritdi. Diplomat O`zbekistonning Qo`qon shahrida yaratilgan muzeyda “Haydar Aliev yili” munosabati bilan Ozarbayjon qo`l mehnatiga, hunarmandchiligiga oid qiziqarli eksponatlarning ko`rgazmasi har yil bu shaharga tashrif buyuruvchi millionlab turistlarning va an`anaviy tarzda o`tkaziladigan festival  ishtirokchilarining orasida milliy madaniyatimizning keng targ`ibotiga imkon yaratishini bildirdi.

Diplomat O`zbekistonning Farg`ona viloyatidagi ikki shaharning – Qo`qon shahri va Ozarbayjonning Shaki shahri, Rishton bilan Ismoyilli shahri qardosh shahar bo`lganini qayd etdi va bu maqsad bilan O`zbekistonning bu viloyati ila Ozarbayjon shaharlari orasida aloqalarning inkishofiga ahamiyat berilganini, e`tibor qaratilganini ta`kidlab o`tdi.

Chiqish qilgan boshqa ishtirokchilar – Qo`qon Xalqaro Hunarmandchilik muzeyi direktori Xayrulla Zokirov va O`zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Farg`ona viloyati rahbari Rasul Mirzaahmedov tashkil etilgan Xalqaro muzeyda yaratilgan burchakda Ozarbayjonning qadim tarixi, boy madaniyati, hunarmandning iste`dodini namoyon etgan hunarmandchilik namunalarining, eksponatlarning doimiy namoyishi muzeyning o`zbek ziyoratchilaridan tashqari, Qo`qonga tashrif buyuruvchi ko`p sonli turistlar uchun ham qiziqarli, foydali bo`lishini bildirib o`tdilar.  

Ochilish lentasi kesilganidan keyin, Ozarbayjon hunarmandchiligiga oid milliy stend ko`zdan kechirildi.  

Qo`qon shahridagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida yaratilgan Ozarbayjon burchagida Ozarbayjon gilamlari, kashtachilikka oid ishlar, yog`och o`ymakorligiga doir buyumlar namoyish etiladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan burchakka, 130 yillik tarixga ega Ozarbayjonning Qorabog` gilami, xalqimizning kashtachillikka mansub eng qadimiy turi – takalduz (kashtachilik namunasi), ipakdan tikilgan ayollar bosh kiyimi – kalag`ayilar (uzun ro`mol turi), yog`och o`ymakorligi asosida tayyorlangan tarixiy Icharishahar va Shusha qal`asining tasvirlari aks etgan portretlar, Ozarbayjon bayrog`i aks etgan xaritamiz, milliy kiyimdagi qo`g`irchoqlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan va xalqimizning choy madaniyatini aks ettirgan eksponatlar, maxsus dizayn asosida misdan tayyorlangan qadimiy chiroqning maketi va boshqa eksponatlar hadya etildi.  

Bundan boshqa milliy burchakda ulug` yo`lboshchi Haydar Alievning yog`ochga chizilgan rasmi va imzosi, Ozarbayjon milliy musiqa asboblari va raqslari, xalq o`yinlari – kurash san`ati, gilam to`qigan Ozarbayjon ayoli, mug`om (maqom) ijro etgan uchlikni aks ettiruvchi yog`och va plasmassadan tayyorlangan maxsus maketlar ham namoyish etiladi.  

Ko`rgazmada Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o`zbek tiliga tarjima qilingan mumtoz adabiyot namoyandalari – Nizmoy Ganjaviy, Imomaddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Xurshidbonu Notavon va boshqalarning asarlari ham taqdim etildi.  

Eslatib o`tamiz, Ozarbayjon hunarmandchiligiga, qo`l mehnatiga doir ushbu  ko`rgazma Dunyodagi Ozarbayjonliklarning Birdamlik kuni va Yangi yil bayramiga qadar davom etadi. Ko`rgazma tugagach, undagi barcha eksponatlar doimiy ravishda Qo`qondagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyi inventariga topshiriladi.  

Muzeyda boshqa o`lkalarning stendlari kabi doimiy tarzda Ozarbayjon stendi, hunarmandchilik buyumlari burchagi ham faoliyat ko`rsatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1