AsosiyJamiyat

⚡️2024 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi

'⚡️2024 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi'ning rasmi

“2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Farmonga ko`ra, 2024 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar):

22 mart – juma;

11 aprel – payshanba;

18 iyun – seshanba;

3 sentyabr – seshanba;

31 dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2 yanvar – seshanba;

23 mart – shanba;

12 aprel – juma;

31 avgust – shanba;

30 dekabr – dushanba.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko`chiriladi:

6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;

13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;

14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

 

    Boshqa yangiliklar