AsosiyJamiyat

Toshkentda qochib yurgan yirik tovlamachilarni topishda ko`mak so`ralmoqda

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jino...

'Toshkentda qochib yurgan yirik tovlamachilarni topishda ko`mak so`ralmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko`p miqdorda tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo`yicha quyidagi shaxslar tergovdan qochib yashiringanligi aniqlangan:  

1.  1994 y.t. Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o`g`li;

2.  1985 y.t. Muxamedov Abdulla Abduraxmanovich;

3.  1992 y.t. Soliev Jamshid Abdulazizovich;

4.  1964 y.t. Isamitdinov Xusan Xashimovich.

Tergov tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qilinib, sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llangan.

"Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz yoki ulardan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoxud ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha xabar topsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga, 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", - deyiladi e`londa.

 

    Boshqa yangiliklar