Rossiya prezidentligi uchun Toshkentda tug`ilgan 60 yoshli deputat Boris Nadejdin o`z nomzodini qo`ydi.
Boris Nadejdin 23 dekabr kuni “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi a`zosiga aylandi va Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda nomzod sifatida qatnashish uchun ariza berdi.
“Men ushbu saylovlar yakunigacha tirik qolishga, qamoqqa olinmaslikka va meni xorijlik agent deb e`lon qilmasliklariga umid qilib qolaman”, — degan u nomzod sifatida o`zining ilk intervyusida
Boris Nadejdin 1963 yilda Toshkentda tug`ilgan va keyinchalik 1969 yilda oilasi bilan Rossiyaga ko`chib ketgan.






