Toshkent shahar Sergeli tumanida Spark va Gazel avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 28 dekabr kuni soat 04:55 atrofida Yangihayot tumani Qipchoq-Sofdil ko`chalari kesishgan chorrahasida 2000 yilda tug`ilgan D.M. boshqaruvida bo`lgan Spark avtomashinasi va 1987 yilda tug`ilgan F.R. boshqaruvida bo`lgan Gazel yukmashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
Ushbu YTH natijasida Spark avtomashinasi haydovchisi va bir nafar yo`lovchi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






