Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida Yangiqo`rg`on tumanidagi xonadonlardan biri ko`zdan kechirilgan. Natijada xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam noqonuniy ravishda olib kirilgan 458 dona salyut va 396 000 dona petardalar borligi aniqlangan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu vositalarning qiymati 500 mln so`mni tashkil qilgan.






