Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritildi.
“Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik sub`ektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi).
Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o`zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo`lish huquqi berildi.
“Bojxona kodeksi”ga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, davlat hamda nodavlat sport-ta`lim tashkilotlari tomonidan o`z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining 50 foizi uchun bojxona bojini to`lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berildi.
“Shaharsozlik kodeksi”ga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati ob`ektlarini qurish to`g`risida qarorlar qabul qilish bo`yicha vakolatlari bekor qilindi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






