2024 yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to`lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.
Soliq solish maqsadida 2024 yilda mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
— Toshkent shahrida – 25 ming so`m, noturar joy uchun 40 ming so`m;
— Nukus va viloyat markazlarida – 12 ming so`m, noturar joy uchun 23 500 so`m;
— Boshqa aholi punktlarida – 5 ming so`m, noturar joy uchun 10 ming so`m.
Bir dona avtomobil transporti uchun barcha viloyatlarga bir xil 780 ming so`m. Shuningdek, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari uchun esa 1 mln 550 ming so`m etib belgilandi.
Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo`llanilishi hamda ko`chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o`rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.






