AsosiyJamiyat

Multiradar o`rnatilgan YPX avtomobilini to`xtatib, kalitini olmoqchi bo`lgan aka-ukalar qamaldi

'Multiradar o`rnatilgan YPX avtomobilini to`xtatib, kalitini olmoqchi bo`lgan aka-ukalar qamaldi'ning rasmi

Surxondaryoda mobil kompleks bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga to`sqinlik qilishga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan chora ko`rildi. Bu haqda IIV JXD YHXX xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yo`lida YPX xodimlari multiradar o`rnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan bo`lgan. Shu payt mazkur yo`lda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi YPX xodimlarini to`xtatib, ular bilan janjallashgan.

JIB Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

"Mashinaning ichidan kalitni (multiradar o`rnatilgan YPX avtomobili kaliti — tahrir) olmoqchi bo`lib, ozgina tortishdik. YPX xodimining ishiga noqonuniy aralashdik. Noto`g`ri ish qilganimizdan uzr so`raymiz. Boshqa bu ish qaytarilmaydi", - deydi huquqbuzar haydovchi.

    Boshqa yangiliklar