1

"Gazprom" O`zbekiston bilan 15 yillik shartnoma imzolaydi

Iqtisodiyot 28.12.2023, 22:11
"Gazprom" O`zbekiston bilan 15 yillik shartnoma imzolaydi

Gazprom Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekiston bilan 2024 yil o`rtalarida 15 yillik o`rta muddatli shartnomalar tuzadi, dedi kompaniya rahbari Aleksey Miller.

“Biz Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekistondagi hamkorlarimiz bilan kelishib olgan o`rta muddatli o`n besh yillik shartnomalar kelasi yilning o`rtalarida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tuziladi", - degan u.

Bundan tashqari, Miller dekabr oyida “Gazprom” O`zbekistonga gazni Markaziy Osiyo – Markaz gaz quvurlari orqali texnologik jihatdan maksimal darajada etkazib berganini eslatdi.

“Shu o`rinda O`zbekistonga gaz etkazib berish hajmi oshganini alohida ta`kidlamoqchiman.Joriy yilning dekabr oyi boshida O`zbekistonda bo`lgan sovuq tufayli gaz etkazib berishni kunlik shartnoma majburiyatlaridan ikki baravar ko`p ta`minladik”, — dedi Miller.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1