O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha jamoatchilik kengashi tomonidan 2023 yilning iyul va dekabr oylarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan monitoring o`tkazildi.
Unga ko`ra, 2023 yil yanvaridan dekabriga qadar bo`lgan davrda O`zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organining 50 ta eng ko`p o`qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.
Reyting ko`rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to`g`risida chop etilgan maqolalar va ko`rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga ko`ra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori o`rinlarni egallagan. Va aksincha, Transport, Tog`-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari quyi ko`rsatkichlarni qayd etgan.
Monitoring natijalari quyidagicha (ko`rsatkichlari foizda):
- Raqamli texnologiyalar vazirligi — 0.9643
- Adliya vazirligi — 0.9617
- Ichki ishlar vazirligi — 0.8089
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 0.7196
- Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi — 0.5907
- Energetika vazirligi — 0.5892
- Sog`liqni saqlash vazirligi — 0.5753
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi — 0.5722
- Tashqi ishlar vazirligi — 0.5651
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 0.5603
- Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi — 0.4882
- Mudofaa vazirligi — 0.4343
- Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi — 0.4166
- Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 0.3968
- Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 0.3936
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 0.3655
- Suv xo`jaligi vazirligi — 0.3544
- Qishloq xo`jaligi vazirligi — 0.3308
- Transport vazirligi — 0.2674
- Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi — 0.2368
- Madaniyat vazirligi — 0.1575
Ta`kidlanishicha, vazirliklar to`g`risida 2023 yilda elektron OAVda e`lon qilingan maqolalar soni o`tgan yilga nisbatan sezilarli o`sgan. Shu bilan birga, tanqidiy munosabatlar nisbatida pasayish kuzatilmagan.






