AsosiyJamiyat
3748

O`zbekistonda 10 yanvarga qadar «Yong`in xavfsizligi kunlari» o`tkaziladi

Joriy yilning 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar O`zbekistonda «Yong`in xavfsizligi kunlari» o`tkaziladi.

Ushbu tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong`in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o`ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong`in va portlash xavfi yuqori bo`lgan ob`ektlarda yong`in xavfsizligini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir. 

O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi fuqarolardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishni, yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishga chaqirdi.

Boshqa yangiliklar