1

2023 yilgi inflyasiya 8,77 foizni tashkil qildi

Iqtisodiyot 01.01.2024, 09:33
2023 yilgi inflyasiya 8,77 foizni tashkil qildi

2023 yil yakunlari bo`yicha 8,77 foizlik inflyasiya qayd etildi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko`ra, bu «yangi davrda qayd etilgan eng past inflyasiya» hisoblanadi.

Statagentlikning ma`lum qilishicha, dekabrda oylik inflyasiya 1,24 foizni tashkil etgan, bunda oziq-ovqatlar 1,3 foizga, nooziq-ovqatlar 1,0 foizga, xizmatlar 1,5 foizga qimmatlagan.

Qayd etilishicha, dekabr oyi davomida asosiy oziqlardan shakar 0,8 foizga, guruch 0,4 foizga, tuxum 0,3 foizga, qo`y go`shti 0,3 foizga, mol go`shti 0,2 foizga, yog` 0,2 foizga, un 0,1 foizga arzonlagan.

Shuningdek, benzin oy davomida 3,3 foizga, propan 5,1 foizga oshgan bo`lsa, «metan» narxlarida o`zgarish bo`lmagan.

Yillik hisobotda esa bug`doy uni va kungaboqar yog`i narxlarida pasayish kuzatilgan bo`lsa, guruch (38,7 foiz), mol va qo`y go`shti (9,3 foiz), tuxum (11,7 foiz) va shakar (11 foiz) qimmatlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1