Fransiyada Yangi yil kechasida bezorilar 745 ta mashinani yoqib yubordi, polisiya 380 kishini qo`lga olgan. Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen ma`lum qildi.
“Bu yil jami 745 ta avtomobil yoqib yuborildi”, — dedi u.
Vazirning ta`kidlashicha, bu o`tgan yilga nisbatan 10 foizga kam, vaholanki, Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 1 yanvardagi hisobotiga ko`ra, o`shanda Yangi yil kechasida 690 ta mashina yonib ketgan.
IIV rahbarining ta`kidlashicha, bu yil Yangi yil bayrami 2022 yilga nisbatan tinchroq o`tgan. Noroziliklarni bostirish paytida 40 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimi tan jarohati oldi, bu bir yil oldingiga nisbatan 40 foizga kam.






