AsosiyJamiyat

O`zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi

'O`zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston prezidentining 29 dekabrdagi farmoni bilan Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori etib tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Mintaqada yagona davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi, ya`ni Markaziy Osiyo xalqaro instituti Shavkat Mirziyoevning PQ-4811-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Institutning asosiy vazifasi Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida ro`y berayotgan tashqi siyosiy, ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarini har tomonlama va chuqur o`rganish asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 

    Boshqa yangiliklar