Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Qozog`istonda bo`lib turgan va tranzit yo`nalishida harakatlanayotgan o`zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Unga ko`ra, so`nggi kunlarda Qozog`iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu bilan birga, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo`llarda harakatlanish cheklangan.
"Shu munosabat bilan, qo`shni davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda mashinalarda harakatlanmaslikni so`raymiz", deyiladi agentlikning murojaatida.