Yaponiyaning markaziy qismida yana bir kuchli zilzila sodir bo`ldi. Mamlakat milliy meteorologiya departamenti ma`lumotlariga ko`ra, zilzila kuchi 5,5 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Dushanbadan beri Yaponiyada turli darajadagi 300 dan ortiq zilzila sodir bo`ldi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali. Mamlakatning butun g`arbiy qirg`oqlari uchun sunami xavfi 20 soatdan ortiq davom etdi. Zilzila 1885 yildan beri Yaponiyaning bu qismida sodir bo`lgan eng kuchli zilzila bo`ldi. Seysmologlarning ogohlantirishicha, bu hududda keyingi er silkinishlari taxminan bir hafta davom etadi va 7 balldan yuqori bo`lgan yangi kuchli zilzilalar sodir bo`lish xavfi bor. Mahalliy aholi o`ta hushyor bo`lishga, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va rasmiylarning rasmiy xabarlariga amal qilishga chaqiriladi.
Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, Yaponiyada sodir bo`lgan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida 62 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Zilzilalar Isikava prefekturasida katta vayronagarchiliklarga olib keldi.