AsosiyJamiyat

Buxoroda uyida qimorxona tashkil etgan erkak qo`lga olindi

'Buxoroda uyida qimorxona tashkil etgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati Jondor tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi 43 yoshli shaxs o`z uyida qimorxona tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, 21 dekabr kuni soat 20:30 larda fuqaro uz uyi mehmonxonasida bir guruh qishloqdoshlarini yig`ib, qimorxona tashkil etish va o`yinni o`tkazish jinoyatini sodir etgan. Qishloqdosh yigitlar manzilda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yin o`ynayotgan paytida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, ularga tegishli ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

    Boshqa yangiliklar