AsosiyJamiyat

Arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi O`zbekiston arxivlari portali ishga tushirildi

'Arxiv xizmatlari xaqida axborot beruvchi O`zbekiston arxivlari portali ishga tushirildi'ning rasmi

AOKAda "O`zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliev ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

https://portal.archive.uz – arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yoritib beradi, arxiv hujjatlari va boshqa turdagi materiallarni tezkor, qulay usulda foydalanuvchi va tadqiqotchilarga etkazish hamda shu bilan birga davlat arxivlari aholining barcha qatlamlariga arxiv sohasidagi huquqiy madaniyatni singdirishga qaratilgan ko`rgazmali materiallarni doimiy ravishda yangilab, elektron shaklda tarqatish imkoniyatini beradi.

Platforma har bir Arxiv ishi hududiy boshqarmasi haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga olibgina qolmay, ular tasarrufidagi davlat arxivi haqidagi ma`lumotlar ham kiritilgan.

Mazkur portaldan barcha tashkilotlar ish yurituvchilari va arxivchi xodimlari, shuning jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin.

“O`zarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023 yilda 317 ta vazirlik va idora hamda ularning hududiy bo`limlarida arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati tadbirlari o`tkazildi. Tekshirilarning 39 tasi Agentlik tomonidan, 278 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar