Xorazm viloyati Yangiariq tumanida ekin er maydoniga zarar etkazgan fermer xo`jaligi aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma`lum qilinishicha, departamentning Yangiariq tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Tekshiruvda tumandagi “G.K.” fermer xo`jaligi mas`ul shaxslari “Qarmish” mahallasi hududidagi yuqori bonitetli 2,3 gektar ekin er maydonida o`zboshimchalik bilan tuproqning unumdor qatlamini qazib olib, jami 1,2 milliard so`m qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yo`l qo`yib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 197-moddasi (er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish) va 229-moddasi (o`zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.