Bugun soat 19:40 larda 4P-146 avtomobil yo`lining Farg`ona tumani Yangiobod MFY hududidan o`tgan qismida "Nexia -3" rusumli avtomashina ikkinchi darajali yo`ldan asosiy yo`lga shoshilib chiqishi oqibatida, asosiy yo`lda harakatlanib kelayotgan "Tracker" rusumli avtomashinaga urilib, YTH sodir qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Natijada "Nexia -3" avtomobilida bo`lgan 2 nafar yo`lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo`lovchilar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, spirtli ichimlik ta`sirida rul boshqaruviga o`tirmang. Bayram kunlarida o`zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang!






