AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga elektromobillar beriladi

'O`zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga elektromobillar beriladi'ning rasmi

O`zbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari mo`ljallanmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko`ra, bugungi kun holatiga ta`mirtalab bo`lgan 980 ta tibbiyot muassasalarida bosqichma-bosqich qurish-ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Birlamchi bo`g`indagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar ta`mirlanib, filtrlangan ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanadi.

Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan to`ldiriladi. Bunda, 2024 yildan boshlab 2030 yilga qadar elektromobillarni sotib olish muddatlari belgilanadi. 

    Boshqa yangiliklar