AsosiyJamiyat

Jizzaxda 3 nafar niqoblangan bosqinchilar 70 yoshli erkakning o`limiga sababchi bo`lishdi (video)

'Jizzaxda 3 nafar niqoblangan bosqinchilar 70 yoshli erkakning o`limiga sababchi bo`lishdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 18 noyabr kuniga o`tar kechasi yuzlariga niqob taqqan 3 nafar noma`lum shaxslar Jizzax viloyati G`allaorol tumanining Oqtom mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyiga bostirib kirib pul talab qilgan. 

Bu haqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Xonadondan moddiy qimmatliklar topa olishmaganidan keyin oila boshlig`i va uning turmush o`rtog`ining hayoti uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatishgan. Bosqinchilar ulardan pullari qaerda saqlanishini so`rab xonadon egalariga og`ir tan jarohati etkazishgan va voqea joyidan yashirinishgan.

Og`ir tan jarohati olgan oila boshlig`i va uning ayoli G`allaorol tumani markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 70 yoshli otaxon oradan 6 kun o`tib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, olib borilgan tergov harakatlari va tezkor surishtiruv ishlari natijasida bosqinchi shaxslar aniqlandi.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlangan Samarqand viloyatida yashovchi 1991, 1994 va 1998 yilda tug`ilgan hamda jabrlanuvchilar bilan bir mahallada istiqomat qiluvchi 36 yoshli fuqaro prosessual tartibda ushlangan.

Gumonlanuvchilar ushbu jinoyatni yashirish maqsadida niqoblar, qo`lqoplar va temir bo`lagini Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumani Do`rmonsoy mahallasidan oqib o`tuvchi kanalga tashlab yuborishgan. IIO xodimlari ushbu jinoyat qurollarini yashirilgan joydan hujjatlashtirib olishgan.

Gumonlanuvchi shaxslarning 3 nafariga JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi "v,g" bandlari, bir nafariga JKning 28-moddasi orqali 164-moddasi 3-qismi "v,g" bandlari bilan ayblov elon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar