O`zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo`lgan uy xo`jaliklari ko`pchilikni tashkil etadi.
Statistika agentligi uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarini olib bordi. Kuzatuv ma`lumotlariga asosan 2023 yilning yanvar-noyabr holatiga O`zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo`lgan uy xo`jaliklari 73,9 % ni tashkil etgan.
Shundan:
— bir bolali uy xo`jaliklar – 21,6 %
— ikki bolali uy xo`jaliklar – 26,8 %
— uch bolali uy xo`jaliklar – 17,8 %
— to`rt va undan ko`p bolali uy xo`jaliklar – 7,7 %
Kuzatuv natijalariga ko`ra, 26,1 % uy xo`jaliklarida 16 yoshgacha bo`lgan bolalar mavjud emas.