AsosiyJamiyat

“Umra” ziyoratchilariga sharoit yaratib bermagan tadbirkorga qonuniy choralar ko`rildi

'“Umra” ziyoratchilariga sharoit yaratib bermagan tadbirkorga qonuniy choralar ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “GULBAKHOR AIRWAYS” tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishda ziyoratchilarga noqulaylik yuzaga kelganligi bo`yicha xabarlar tarqaldi.

Turizm qo`mitasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tegishli qonuniy choralar ko`rilayotganligi, ziyoratchilar mehmonxonaga joylashtirilganligi  ma`lum qilindi. 

Eslatib o`tamiz, Hukumat qaroriga muvofiq, turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bo`yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo`lmagan miqdordagi mablag`larni Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yish hamda ushbu mablag`larning etarli miqdorini ta`minlab borilishi belgilangan. 

Mazkur qarorga muvofiq, tegishli turoperator tomonidan Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yiladigan 100 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag`lardan uning “Umra” xizmatlarini sifasiz ko`rsatishidan jabr ko`rgan ziyoratchilarga etkazilgan moddiy va ma`naviy zarar o`rnini qoplash uchun sud qaroriga muvofiq foydalanilishi belgilangan.

Shuningdek, “Umra” xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq faoliyat ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Turizm qo`mitasi o`z rasmiy veb-saytida “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperatorlar reytingini shakllantirish uchun tegishli axborot modulining ishga tushirilganligi va mahalliy turoperator jamoatchilik tomonidan berilgan ovozlarga ko`ra reytinggi aniqlanmoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar