AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida mushtimzo`r erkak zo`rovonligi aks etgan video tarqaldi(video)

'Toshkent viloyatida mushtimzo`r erkak zo`rovonligi aks etgan video tarqaldi(video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Piskent tumanida mushtimzo`r erkakning zo`rovonligi aks etgan video tarqaldi.

Toshkent viloyati IIBB Tezkor-qidiruv xizmatining ma`lum qilishicha, holat 2023 yilning may oylarida Piskent tumanida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan “Temur” va uning tanishi 1990 yilda tug`ilgan “Igor” (mastlik holatida bo`lgan) o`rtasida o`zaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.  

“Temur” janjal vaqtida “Igor”ning turli joylariga urgan va mazkur holat atrofdagi ovqatlanish shoxobchasining kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Shundan so`ng, Temur holat aks etgan video yozuvni shaxsiy telefoniga suratga olgan va ordan 8 oy o`tib, 2024 yil 1 yanvar kuni o`zining instagram tarmog`idagi sahifasiga joylashtirgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxs MJtK 183-moddasi (mayda bezorilik) va 189(1) moddasi (zo`ravonlikni targ`ib qiluvchi materiallarni tarqatish) bilan javobgarlikka tortish choralari ko`rilmoqda.

Qayd etish o`rinliki, o`tgan davr mobaynida ushbu holat yuzasidan IIOga yoki tibbiyot birlashmasiga biror bir murojaat kelib tushmagan.

 

    Boshqa yangiliklar