AsosiyJamiyat

1 yanvardan qator ijtimoiy to`lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o`tdi

'1 yanvardan qator ijtimoiy to`lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o`tdi'ning rasmi

Prezident Farmoniga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to`lovlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o`tkazildi:

  • Yoshga oid nafaqa;
  • Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi;
  • O`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • Bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
  •  Kam ta`minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
  •  Kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam;
  •  Farzand tug`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
  • Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).

Bunda, ijtimoiy to`lovlar uchun ariza berish, ularni ko`rib chiqish, tayinlash va to`lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to`lovlar bilan bog`liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga (https://ihma.uz/uz/bosh-sahifa/) murojaat qilishlari mumkin ekanligini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar