AsosiyJamiyat

Toshkentda hokimlik huzuridagi ko`p qavatli uylarni ta`mirlash bo`yicha kompaniya tashkil etildi

'Toshkentda hokimlik huzuridagi ko`p qavatli uylarni ta`mirlash bo`yicha kompaniya tashkil etildi'ning rasmi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov 26 dekabr kuni “Ko`p kvartirali uylarni ta`mirlash bo`yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzoladi. Qaror prezidentning 2023 yil 28-avtgustdagi farmoni asosida qabul qilingan.

Quyidagilar mazkur davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • O`zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimining tegishli hujjatlari asosida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni sifatli va o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash;
  • Ko`p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash ishlarini amalga oshirishda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta`minlash;
  • Birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta`minlash, shaharsozlik to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
  • Ob`ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • Loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta`minlash;
  • Loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo`yicha exnik nazorat olib borilishini ta`minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda ob`ektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish.

Shuningdek, kompaniya ko`p kvartirali uy-joy fondi ob`ektlarini ta`mirlaydi, modernizasiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko`p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta`mirlaydi, modernizasiya qiladi.

Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan ko`p kvaratirali uylarni ta`mirlash bilan bog`liq barcha tadbirlar bo`yicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli ro`yxatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi bilan kelishiladi.

    Boshqa yangiliklar