AsosiyJamiyat

Qirg`izistonda o`zini "Yangi xudo" deb atagan erkak qamoqxonada vafot etdi

'Qirg`izistonda o`zini "Yangi xudo" deb atagan erkak qamoqxonada vafot etdi'ning rasmi

Avvalroq o`zini "Yangi xudo" deb atagan Arstan Alay (Abdildaev) bugun, 5 yanvar kuni qamoqxonada vafot etdi, dedi uning advokati Kaysin Abakirov ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma`lum qilinishicha, Arstanbek Abdildaev tergov izolyatorida emas, jazoni ijro etish xizmatining 31-sonli muassasasida (Moldovanovka qishlog`i) bo`lgan.

INS matbuot xizmati uning o`limi faktini tasdiqladi, departament tomonidan batafsil ma`lumot beriladi.

Dekabr oyida Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi Arstan Alayni “Diniy adovatni (nifoq) qo`zg`atish”da ayblab hibsga olgan edi.

“U o`zini yangi xudo, najotkor deb hisoblaydi va boshqa dinlar, e`tiqod va qarashlarni past, zaif va noto`g`ri xayolparastlik deb biladi va ularga salbiy baho beradi”, — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.

Abdildaev yanvar oyining o`rtalariga qadar 1-TIZOda bo`lishi kerak edi.

    Boshqa yangiliklar