AsosiyJamiyat

Soliq va Bojxona qo`mitalari endi Qonunchilik palatasida hisobot berishadi

'Soliq va Bojxona qo`mitalari endi Qonunchilik palatasida hisobot berishadi'ning rasmi

Prezident tomonidan “O`zbekiston Respublikasining "2024 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida"gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror imzolandi

Hujjat bilan 2024 yilda foyda solig`i to`liqligicha O`zbekiston Respublikasi byudjetiga yo`naltiriladigan yirik soliq to`lovchilar ro`yxati tasdiqlanmoqda.

2024 yilda uy-joy fondining ko`chmas mulk ob`ektlariga, shuningdek, ular egallab turgan er uchastkalariga nisbatan:

- 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi, 2023 yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

- jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlar uchun er solig`i summasi 2023 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Endilikda Qonunchilik palatasi qo`mitalarida:

- har olti oyda birinchi darajali byudjet mablag`larini taqsimlovchilarning byudjet mablag`laridan foydalanishi bilan bog`liq maqsadli indikatorlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;

- har chorak yakunida Soliq qo`mitasi, Bojxona qo`mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozi bajarilishi to`g`risidagi hisobotlarini eshitib borish yo`lga qo`yiladi.

Respublika mulkida bo`lgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq bo`lgan xo`jalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga to`lanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash belgilangan. Shuningdek ularga o`zgartirish kiritish bo`yicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan ma`qullangandan so`ng aksiyadorlar umumiy yig`ilishiga kiritish tartibi joriy etiladi

    Boshqa yangiliklar