AsosiyJamiyat

2023 yilda O`zbekistonda eng ko`p qo`yilgan ismlar e`lon qilindi

'2023 yilda O`zbekistonda eng ko`p qo`yilgan ismlar e`lon qilindi'ning rasmi

2023 yilda O`zbekistonda eng ko`p qo`yilgan ismlar e`lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Unga ko`ra: 

Mazkur yilda o`g`il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko`p qo`yilgan. 

Shuningdek, 2023 yil davomida respublika bo`yicha 283 788 ta nikohlar qayd etilgan. 

Bundan tashqari, FHDY organlari tomonidan 2023 yilda 968 140 ta tug`ilish holati qayd etilgan.

O`g`il bolalar — 501 577 ta
Qiz bolalar — 466 563 ta

Hududlar bo`yicha eng ko`p tug`ilish:

- Samarqand — 114 446 ta;
- Farg`ona — 107 602 ta;
- Qashqadaryo — 102 364 ta.

Xuddi shuningdek, 2023 yil davomida 4 418 nafar erkaklar 20 yoshgacha farzandli bo`lgan. 

Shu jumladan:
- 4 814 nafar erkaklar – 50 yoshdan keyin;
- 834 nafar erkaklar – 60 yoshdan keyin;
- 74 nafar erkaklar – 70 yoshdan keyin farzandli bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar