O`zbekistonda 2024 yil 20 yanvardan boshlab poezdda yurish uchun ko`proq haq to`laysiz. Sababi xuddi shu sanadan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O`zbekiston” tezyurar poezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryo`l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilg`i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo`lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarni xarid qilish, temiryo`l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o`tamiz "O`zbekiston temiryo`llari" AJning 2023 yil 3 oktyabrdagi xabariga asosan, 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50 va 100 foizga oshirilishi kerak edi.
Biroq keyinroq kompaniya matbuot kotibi Alisher Boltaboev 20 oktyabrdan oshirilishi kutilgan chipta narxlari qayta ko`rib chiqilishi va narxlar bosqichma-bosqich ko`tarilishi aytilgan edi.
Videoni poezdda ko`p yuradigan tanishlaringizga tashlab qo`ying.






