AsosiyJamiyat

“O`zbekiston shampani” AJning 51 foizdan ko`proq aksiyasi sotildi

'“O`zbekiston shampani” AJning 51 foizdan ko`proq aksiyasi sotildi'ning rasmi

“O`zbekiston shampani” AJning ustav kapitalidagi 51,48 foiz davlat aksiyalar paketini sotish bo`yicha kelishuvga erishildi, deya xabar bermoqda Davlat aktivlarni boshqarish agentligi. 

Qayd etilishicha, Davaktiv agentligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida KPMG xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish bo`yicha konsultant sifatida jalb etilgan. Investorlardan sotib olish bo`yicha qiziqish to`g`risidagi 5 ta arizalar (Express of Interest) kelib tushgan.

Kelib tushgan takliflar orasida eng yuqori narx taklifi bildirgan, kelajakda jamiyat faoliyatini barqaror rivojlanishini ta`minlay oladigan va ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq davomiyligini shakllantirishga salohiyatli bo`lgan “Euro Pack” MChJ “O`zbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi 51,48 foiz davlat aksiyalar paketini sotib olish uchun qo`yilgan talablarga to`liq javob bergan va 72 mlrd so`m sotib olish to`lovi bilan g`olib deb topilgan.

Shuningdek, xaridor sotib olish to`loviga qo`shimcha ravishda 2024-2025 yillarda Korxonani rivojlantirish uchun 18,5 mln AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish o`z zimmasini oladi.

Ma`lumot uchun, “Euro Pack” MChJ – alkogol mahsulotlar uchun kerakli bo`lgan shisha va plastik idishlarni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar