AsosiyDunyo

Turkiyada qo`lga olingan o`zbekistonlik "Fahsh baronessa"si bilan birga 7 kishi ushlangan

'Turkiyada qo`lga olingan o`zbekistonlik "Fahsh baronessa"si bilan birga 7 kishi ushlangan'ning rasmi

Turkiyaning Chanakkale shahrida O`zbekistondan qizlarni Turkiyadagi fohishaxonalarga etkazib beruvchi Interpol tomonidan qizil ogohlantirish bilan qidiruvga berilgan “Madam Klod” laqabli O`zbekiston fuqarosi Nilufar Mirxonova qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.

O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2024 yil boshidan uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo`lgan 8 nafar (T.X., F.N., F.M., R.M., N.M., R.B., Sh.A. va N.D.) O`zbekiston fuqarolari qo`lga olindi.  

Bular ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda habar qilingan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. ham bo`lib, u “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida Turkiyaning Chanakkale viloyati hududida qo`lga olingan.  

Hozirda har bir holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar