O`zbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi. Shu munosabat bilan agentlik direktori o`rinbosari Zoxidjon Ziyaev bilan suhbat uyushtirildi.
Portal rasmiy statistika ma`lumotlar yagona bazasini shakllantiradi, ma`lum bir davr bo`yicha ma`lumotlarni elektron formatlarda olish imkoniyatini yaratadi.
SIAT - rasmiy statistikani e`lon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida so`rovlar asosidagi integrasiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, o`z o`rnida xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi.
Portalda rasmiy statistik ko`rsatkichlar 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makroko`rsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integrasiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi.